» » Toshkent viloyatida 3 ta kurort qurish uchun 500 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilinadi (video)

Toshkent viloyatida 3 ta kurort qurish uchun 500 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilinadi (video)


Toshkent viloyatida uchta kurort qurish qurish uchun 500 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Chorvoq erkin turistik zonasida “Chimyon” va “Beldirsoy” xalqaro tog‘-chang‘i majmualari barpo etish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarga ajratiladigan investitsiyalar miqdori 263,7 million va 178,4 million dollarga baholanmoqda.

Bundan tashqari, “Nanay” ekoturistik” majmuasini qurish uchun 62,4 million dollar ajratiladi.

“Toshkent viloyatida uchta — ‘Chimyon’, ‘Beldirsoy’ va ‘Nanay’ xalqaro darajadagi kurortlarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Amirsoy va Yusufxona bo‘yicha loyihalar ham davom ettirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida 40 kilometrdan ortiqroq turistik tog‘-chang‘i trassalari, 100 turdagi yangi turistik xizmatlar, mehmonxonalarda 25 mingtadan ortiq yotoqlar, 3000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, — deydi Aziz Abduhakimov.

https://www.facebook.com/watch/?v=2340696029533593



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют