» » Onlayn auksionda “chiroyli” mobil telefon raqamlarini sotish yo‘lga qo‘yildi

Onlayn auksionda “chiroyli” mobil telefon raqamlarini sotish yo‘lga qo‘yildi


4-iyundan boshlab Tovar-xomashyo birjasida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega uyali telefon raqamlarini sotish bo‘yicha yangi savdo platformasi va mobilraqam.uzex.uz vebsayti test rejimida ishga tushirildi. Bu haqda Spot xabar beradi.

Auksion predmeti deb, sonlarning chiroyli kombinatsiyasiga ega abonentning uyali telefon raqamidan foydalanish huquqini sotib olish belgilangan.

Har bir lotning spetsifikatsiyasi va sotuvga qo‘yilayotgan har bir raqamning tafsilotlari sotuvchi tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning toifasi (yuridik yoki jismoniy shaxs), sonlarning chiroyli kombinatsiyasiga ega abonentning uyali telefon raqami, lotning boshlang‘ich narxi va raqobatli tartibotning yakunlash muddati aniq ko‘rsatilishi shart.

Auksion onlayn-rejimda boshlang‘ich narxlarni ko‘tarilish tartibida buyurtmalar berilgan paytdan boshlab kamida ikki ish kuni muddati davomida o‘tkaziladi. Savdo jarayonida xaridorlar eng yaxshi narxdan yuqori darajadagi cheklanmagan miqdorda takliflarini berishlari mumkin. Berilgan har bir yangi narx taklifi auksionni qo‘shimcha 10 daqiqaga uzaytiradi. Bir vaqtning o‘zida sotuvchi kimoshdi auksion muddatini uzaytirishga haqlidir.

O‘z navbatida, savdo ishtirokchilari auksionlar o‘tkazilayotgan paytda kelib tushayotgan barcha narx bo‘yicha takliflarni erkin kuzatib borishlari mumkin. Eng yuqori narx bergan xaridor elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadi va savdo g‘olibi sifatida belgilanadi.

Auksion yakunlanganidan so‘ng, birjaning axborot tizimi tuzilgan bitimni ro‘yxatga oladi va xaridordan komissiya to‘lovini yechib oladi. Birja xizmati uchun to‘lanadigan komission yig‘im tuzilgan bitim narxidan 3% miqdorida belgilangan.

Moliyaviy majburiyatlar to‘liq qoplangan sanadan boshlab 10 kun mobaynida rasmiylashtirish xaridorning aybi bilan ta’minlanmagan taqdirda, tuzilgan bitim qiymatidan 50% miqdorida shartnoma majburiyatlari bajarmaganlik uchun jarimaga tortiladi, qolgan qismi esa xaridorga qaytariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют