» » Fargonadagi qonli mojaroga 30 yil boldi. Qirginda Kremlning roli qanday bolgan?

Fargonadagi qonli mojaroga 30 yil boldi. Qirginda Kremlning roli qanday bolgan?


Bundan 30 yil avval, iyun oyining 3-sanasida Ozbekiston tarixida bir necha kun davom etgan qora kunlar boshlangan edi.Oshanda Fargona viloyatida mahalliy xalq bilan biz mesxeti turklar deydigan, ozlarini ahiska turklari deb ataydigan, tarixiy ildizi va etiqodi ozbeklarga ham qardosh, ham dindosh bolgan xalq ortasida qonli mojaro bolib otgan edi.Daryo kolumnisti Gayrat Yoldosh osha qonli voqealar haqida hikoya qiladi.

Tan olish kerak, osha mojarolarda jabr chekkanlar asosan mesxeti turklar boldi. Chunki son jihatidan oz bolgan turklar hech qachon mahalliy xalqqa bas kela olmasdi.

Voqealar qanday kechganini yozishdan avval mesxeti turklar yurtimizga qanday kelib qolgani haqida ikki ogiz gaplashsak.

Manfur Stalin 1944-yilda, urush SSSR chegarasidan chiqib, Sharqiy Yevpopa mamlakatlari hududiga kochib otib, mamlakat biroz tinchiganidan keyin bir qancha kichik xalqlarni vatanga xiyonatda ayblab, ularni oz yurtlaridan ozga yerlarga badarga qilish haqida qarorlar elon qildi. Osha qarorlarga kora Qrimdagi tub aholi bolmish qrimtatarlar, Shimoliy Kavkazdagi chechen va ingushlar, Gruziyadagi Turkiya bilan chegaradosh bolgan Mesxetiya olkasida yashaydigan mesxeti turklar ozlari yashab turgan uylaridan, vatanlaridan majburan chiqarilib, boshqa olkalarga, asosan Markaziy Osiyo respublikalariga, jumladan, Ozbekistonga surgun qilindi. Oshanda qrimtatarlar, chechenlar va ingushlarni nemis fashistlariga sotilgan degan yorliq bilan surgun qilgan bolsalar, mesxeti turklarni Turkiyaga sotilganlikda ayblashdi. Bir faktga etibor bering: hammasi musulmonlar, asosiy qismi Kavkaz xalqlari surgun qilingan. Stalinning kelib chiqishi gruzin ekanligini inobatga olsak, Kavkaz xalqlarini, buning ustiga asosan musulmonlar oz uyidan badarga qilinishi bejizga emasga oxshaydi. Chunki agar gap birgina sotqinlik haqida bolganida edi, ruslar, ukrainlar, belaruslar orasida ham fashistlarga sadoqat bilan xizmat qilgan odamlar kop edi. General Vlasovni eslaylik. Urushning hal qiluvchi pallasida bu rus generali katta armiya bilan nemislar tomoniga otib ketgan.

Shunday ekan, fikrimcha, bu orinda sotqinlik bahonasida Stalin oz garazlari uchun bu millatlarni surgun qilgan degan asos haqiqatga yaqindir.

Shundan song yollardagi ming bir azobda qiynalgan mesxeti turklarning aksariyat qismi Ozbekistonga, Fargona viloyatiga olib kelib joylashtirildi. Xalqimizning aksar qismi oshanda bu millatga qolidan kelgan barcha yordamni bergan, urush, qiyinchilik davr bolishiga qaramay, bir burda nonini baham korgan. Oradan yillar otib, Stalin vafotidan song, 1956-yilda bu xalqqa oz vataniga qaytishga ruxsat berildi. Kimlardir ortga qaytdi. Ammo turklarning Mesxetiyasi boshqalar tomonidan egallab bolingan edi. Turklarning asosiy qismi Ozbekistonda yashab qoldi; kelib chiqishi va etiqodi ozbeklar bilan bir bolgan bu millat Ozbekistonda ona vatanida yashaganday yashadi.

Endi 1989-yilgi fojiaga kelsak.Oshanda rasmiy Moskva bu mojaroga turli sabablarni rokach qildi. Ozbek qizini mesxeti turklar zorlab qoygan, pivoxonada chiqqan janjaldan boshlangan, Bozorda mesxeti turk ozbek ayolini haqorat qilgan va boshqa koplab sabablar keltirildi.Ammo keyinchalik malum boldiki, tobora parchalanib, tarqab ketishi aniq bolib borayotgan SSSRning osha davrdagi rahbarlari osha paytda turli respublikalarda mojarolar chiqarib, shu yol bilan Ittifoqni saqlab qolish payida bolgan.

Ozbekistonda mesxeti turklar va mahalliy xalq ortasida;

Qirgizistonda ozbeklar va qirgizlar ortasida;

Ozarbayjonda Togli Qorabogda ozarbayjonlar va armanilar ortasida;

Gruziyada gruzinlar va abxazlar, gruzinlar va osetinlar ortasida;

Moldovada, Dnestboyida ruslar va moldavanlar, gagauzlar va moldavanlar ortasida.

Bu mojarolarning hammasida Kremlning hissasi bor edi vaularning rejalariMoskvada tuzilgan.

Ustoz yozuvchi Tohir Malik domla ozining Murdalar gapirmaydilar nomli romanida Fargonadagi mojaroning boshlanishida Moskvaning hissasi qanday bolganini qisman ochib bergan. Shuningdek, keyinchalik SSSR tarqab ketishi ortidan nafaqat Fargonadagi, balki yuqorida keltirganim sobiq Ittifoqning turli hududlaridagi koplab mojarolarni rasmiy Moskva uyushtirganini isbotlovchi koplab dalillar yuzaga chiqdi. Oshanda Moskvaning bunday oyinlarida ishtirokchi bolganlar rejalar Moskvada ishlab chiqilganini oshkor etdi.

Ammo oshanda Fargona viloyatida mesxeti turk ozbek qizini zorlabdi yoki shunga oxshash yolgon gaplarni eshitgan, Moskvadan kelib 12 ozbekni oldirib, turklarga yopishtirilganini anglab yetmagan mahalliy aholini toxtatish qiyin edi.

Kozi qonga tolgan ozbek yigitlari qayerda mesxeti turklar yashaydigan xonadon bolsa bostirib kirib, ularga nisbatan nima zoravonliklar bolsa qildi. Oxiri Fargonaga harbiy bolinmalar tashlandi. Mana biz odil davlatmiz deganday, ular ozlaricha mesxeti turklarni uylarini qoriqladi. Mojaro rejasi Moskvada tuzilganiga yana bir isbot shuki, oshangacha sodir bolgan mojarolarni imi-jimida yopib kelgan Moskva Fargonadagi fojiani suratga olib, televideniyeda korsatish uchun markaziy televideniyadan bir nechta operatorva muxbirdaniborat butun boshli guruhni yuborgan va har kuni necha martadan olovli nuqtadan ozbeklarning qonxorligi, ozbeklarning zoravonligi haqida reportajlar berib borilgan edi.

Topolonlar turklar yurtimizdan olib chiqib ketilishi bilan tugadi.

Moskvadagi markaziy televideniye korsatgan lavhalardan farqli ravishda, xorij mediasiga intervyu bergan mesxeti turklar hammasi tushunarsiz tarzda boshlangani, boshida ozbeklar bilan mojaro chiqqaniga ishonmaganlari va bir-birlaridan balki ruslar bilan mojaro chiqqandir deb soraganlari, chunki ungacha ozbeklar bilan hech qachon kelishmovchilik yuz bermagani, ozbeklar va turklar ildizan va etiqod jihatdan yaqin bolganlarini, hatto quda-anda tutinib ketganlari, shu uchun ozbeklarning mesxeti turklarga qarshi kotarilganlariga ishonmaganlarini hikoya qilganlar.

Oradan yillar otib, oz vataniga sigmagan mesxeti turklar dunyo boylab tarqab ketdi. Ularning bir guruhi BMT dasturi boyichaAQShga kochirildi. Bir qismi Turkiyaga ketdi. Asosiy qismi Rossiyaga kochirildi. Shuncha mojaroga qaramay, bir qismi vatanim Ozbekiston, olsam qabrim shu yerda bolsin deb Ozbekistonda qoldi. Bugungi kunda ular yurtimizda mahalliy xalq bilan bir oila bolib, oz uylarida yashaganday yashayapti. Eng muhimi, bugun mesxeti turklarning hammasi osha qonli voqealarni rasmiy Moskva uyushtirganini, ozbeklar va turklar esa vaziyat qurboni bolganini biladi. Shu uchun ham bugun mesxeti turklar dunyoning qayerida yashashidan qatiy nazar Ozbekistonni hurmat vasoginch bilan tilga oladi hamda ikkinchi vatanimiz deb ataydi. Buni ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarda mesxeti turklar Ozbekiston sharafiga hurmat bilan yozayotgan bitiklardan ham bilsa boladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -