» » Surxondaryoda harbiy xizmatchilar hayit bayramini yangi uylarda kutib oladi

Surxondaryoda harbiy xizmatchilar hayit bayramini yangi uylarda kutib oladi


Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Harbiy orkestr hamda karnay-surnaylar sadosi ostida uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Xayrobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют