» » Portugaliyada Braziliyadan olib kelinayotgan 49 mln dollarlik kokain musodara qilindi

Portugaliyada Braziliyadan olib kelinayotgan 49 mln dollarlik kokain musodara qilindi


Portugaliya politsiyasi mamlakatga Braziliyadan qiymati 49 million dollarga teng giyohvand moddani olib kirishga uringan yetti nafar fuqaroni qo‘lga oldi, deb xabar beradi Reuters.

Baliqchilar kemasining maxsus jihozlangan maxfiy bo‘lmasidan Yevropaga olib kirilishi mo‘ljallangan 50 ta qopda bir tonnaga yaqin kokain aniqlangan. Braziliya bayrog‘i ilingan kemada 36 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan xorij fuqarolari qo‘lga olingan.

Jinoyatchilarni qo‘lga olish ishlari Braziliya, Portugaliya, AQSh va Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan “Oq kukun” operatsiyasi doirasida amalga oshirilgan.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda kokain ishlab chiqarish dunyoda yiliga 1410 tonnaga yetib, rekord darajani qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют