» » O‘zbekistonda avtomobil chiroqlarini yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi

O‘zbekistonda avtomobil chiroqlarini yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi


Hukumatning joriy yil 9-apreldagi qarori bilan barcha transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish bo‘yicha talab qo‘yilgandi. Talab joriy etilgandan so‘ng Ichki ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tartib tahlil qilindi hamda tegishli loyiha may oyining boshida hukumatga kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

4-iyunda qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq faralar bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi.

2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorug‘ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, hukumat topshirig‘iga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 so‘m) kamaytirishga oid tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют