» » Samarqandda harbiylarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Samarqandda harbiylarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi


Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qilmoqda.

Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, harbiy qism komandirlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Samarqand (27 ta), Jizzax (15 ta) hamda Navoiy (22 ta) viloyatlarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan ofitser, serjant va oddiy askarlarning farzandlariga okrug hisobida (48 nafar yigit va 16 nafar qizga) – jami 64 ta imtiyozli tavsiyanoma berildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi 3276-son Qaroriga muvofiq, 2018-yilda respublika bo‘ylab jami 565 nafar harbiy xizmatchining farzandlariga tavsiyanomalar berilgan bo‘lib, ularning 280 nafari talabalikka qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют