» » Pavel Durov Telegram’ni rivojlantirish uchun ro‘za tutishni boshladi

Pavel Durov Telegram’ni rivojlantirish uchun ro‘za tutishni boshladi


“VKontakte” va Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining gastronomik parhezi hamda uning ishi va hayotiga ta’siri haqida so‘zlab berdi, deya xabar qiladi TJournal.

Telegram asoschisi bir yil oldin tuxum, fruktoza, sut mahsulotlari va glyuten iste’mol qilishdan voz kechgan bo‘lsa, 2019-yilning mayidan boshlab dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan cheklanmoqda. Yaqinda esa har qanday taomlardan voz kechib, faqat suv ichish bilan yashashga o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Durovga teranroq fikrlashga yordam bermoqda.

“Ushbu oyda biroz radikalroq yo‘lni tanlayman — hech qanday ovqat iste’mol qilmayman. Olti kundan beri shunday hayot kechirmoqdaman va hozircha o‘zimni yaxshi his qilyapman. Umuman ovqat yemaslik fikrlashni tiniqlashtirgani sabab prodakt-menejment sohasida ko‘p naralarni amalga oshirdim.

Ro‘za tutish — ovqat hazm qilish tizimini tozlash va qayta ishga tushirish, shuningdek, immun tizimini ovqatlardan tozlashdan boshqa ishlar bilan shug‘ullanishiga imkon beradi. Ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan ajdodlarimiz ma’lum bir vaqt ovqatsiz yashagan, shu sabab tanamiz evolyutsion jihatdan bunga tayyor bo‘libgina qolmay, aslida yiliga bir marta bo‘lsada buni amalga oshirishimizni kutadi. Mana nima uchun ko‘plab dinlarda ro‘za tutish bor — bu tana va ruh uchun foydali.

Tabiiyki men buning natijasida qanchadir mushak massalarimni yo‘qotaman, biroq ro‘za tutish davomida Telegram’dagi millionlab foydalanuvchilarimiz uchun yangidan-yangi ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topishimga ishonchim komil. Foydalanuvchilarimiz hayotini yengillashtirish esa mening birinchi darajali maqsadim”, — deydi Pavel Durov.

Bundan tashqari Durov Finlyandiya va Shveysariyada sovuq suvda cho‘milish ish samaradorligini oshirishiga yordam berayotganini ta’kidlab o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют