» » Andijonda “Tig‘” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda

Andijonda “Tig‘” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda


Andijon viloyatining Andijon shahri va Xo‘jaobod tumanida “Namunali hudud” tajribasini yaratish doirasida “Tig‘” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi (IIO FMM) Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tayanch punktlari profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Unda shahar hududida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar barvaqt oldini olish maqsadida fuqarolardan turli hil tig‘li buyumlar olinib, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar oldi olinmoqda.

Ushbu tadbir doirasida 1—2-iyun kunlari birgina Andijon shahrida profilaktika inspektorlari tomonidan 25 ta tig‘li predmetlar olingan.

Tig‘ ko‘tarib yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, shu kunning o‘zida ularning ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют