» » “O‘zavtosanoat” ichki bozorda yengil avtomobillar hajmini 460 ming donaga yetkazadi

“O‘zavtosanoat” ichki bozorda yengil avtomobillar hajmini 460 ming donaga yetkazadi


“O‘zavtosanoat” AJ 2030-yilga kelib ichki bozorda yengil avtomobillar hajmini 300 mingdan 450—460 ming donagacha oshiradi. Avtobuslar sotuvi hajmi esa 1 mingdan 2 ming donagacha ortadi. Bu haqda 7-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deb yozadi UZ24.

Bugungi kunda yengil avtomobillar ishlab chiqarishning yillik quvvati 300 ming donani, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 mingtani tashkil etadi.

“O‘zavtosanoat” AJ ning 2018-yilda O‘zbekiston YaIMidagi tarmoq ulushi 6,6 foizni, 2018-yilda sanoat sektoridagi tarmoq ulushi 28,2 foizni tashkil etdi.

Brifing chog‘ida mahalliy avtomobilsozlikdagi qator muammolar sanab o‘tildi:

Shu munosabat bilan, “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan avtomobilsozlik sanoatining quyidagi maqsad, vazifa va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi, 2030-yilgacha yanada rivojlantirishning yangi konsepsiyasini samarali amalga oshirishni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi model ishlab chiqilgan.

Unda mamlakat transport kompleksini ekologiya va xavfsizlik bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy avtomobillar bilan to‘ldirish, avtomobil va avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish, ularni sotish va servis xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish singari maqsad va vazifalar belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют