» » O‘zbekistonda avtomobillashtirish darajasi ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkaziladi

O‘zbekistonda avtomobillashtirish darajasi ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkaziladi


O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ekologik sifati oshiriladi, ekologik toza transport turlariga o‘tish bo‘yicha jahon tendensiyasini hisobga olgan holda, elektr transport vositalarini ishlatish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratiladi. Bu haqda 7-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deb yozadi UZ24.

O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning yangi konsepsiyasini amalga oshirishda qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida bunga erishiladi.

Brifingda ta’kidlanishicha, konsepsiyaga ko‘ra, 2030-yilgacha aholining yengil avtomobillar bilan ta’minlanganligini 2,3 barobar oshiriladi.

Shu bilan birga, mamlakatning avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют