» » Ukraina Oliy radasi ikki vazir va Xavfsizlik xizmati raisini lavozimidan ozod etishdan bosh tortdi

Ukraina Oliy radasi ikki vazir va Xavfsizlik xizmati raisini lavozimidan ozod etishdan bosh tortdi


Ukraina Oliy radasi deputatlari mamlakat tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin, mudofaa vaziri Stepan Poltorak hamda Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakni lavozimidan ozod etishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Meduza.

Ma’lum qilinishicha, deputatlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan kitirilgan yuqoridagi mansabdorni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqmagan.

Shuningdek, deputatlar amaldorlarning noqonuniy boyib ketishi va ularni jazoga tortish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ham kun tartibidan olib tashlagan.

Vladimir Zelenskiy joriy yilning 20-may sanasida Ukraina prezidenti lavozimida ish boshlagan bo‘lib, Oliy rada deputatlari hozirgacha prezidentning birorta ham qonun loyihasini ko‘rib chiqqani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют