» » Vyetnamda yo‘lbarsni cho‘miltirishga uringan hayvonot bog‘i xodimi qo‘lsiz qoldi

Vyetnamda yo‘lbarsni cho‘miltirishga uringan hayvonot bog‘i xodimi qo‘lsiz qoldi


Vyetnamning Binziong provinsiyasida joylashgan xususiy hayvonot bog‘laridan birining xodimi yo‘lbarsni cho‘miltiraman deb qo‘lsiz qoldi. Bu haqda The Australian axborot portali ma’lum qildi.

Jarohatlangan 49 yoshli Vo Tan Txyani hamkasblari 4-iyun kuni topib olishgan. Erkakning o‘ng qo‘li butunlay tishlab olingan, chap qo‘lining esa bilakdan pasti yo‘q. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Vo Tan yo‘lbarsni cho‘miltirishga uringan.

Erkak zudlik bilan mahalliy shifoxonaga, uy yerdan Xoshimindagi tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, Vyetnamda yovvoyi sharoitda yashaydigan yo‘lbarslar qolmagan, ular maxsus fermalarda ko‘paytirilmoqda. Ularning terisi va tishlaridan an’anaviy tibbiyot va zargarlikda foydalaniladi.

Vyetnamdagi ekologik faollar xususiy hayvonot bog‘larining egalarini bir necha bor hayvonlarga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatda bo‘layotganlikda ayblab, oqibatda noyob turdagi jonzotlar yo‘qolib ketayotganligini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют