» » O‘zbekistonda xizmat vaqtida halok bo‘lgan bojxona xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlanadi

O‘zbekistonda xizmat vaqtida halok bo‘lgan bojxona xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlanadi


Hukumat qarori bilan Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlar, shuningdek, halok bo‘lgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, xizmat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlari hamda Bojxona institutida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarning oila a’zolariga marhum oylik maoshining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda nafaqa tayinlanadi.

Bundan tashqari, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida og‘ir tan jarohati olganda, oylik maoshining 25 baravarigacha, o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda esa oylik maoshining 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda nafaqa tayinlanadi.

Yengil tan jarohati olgan xodimga nafaqa tayinlanmaydi.

Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olganda dalolatnoma tuziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют