» » Qo‘qondagi tarixiy obidalar va yo‘nalishlar Google Maps xaritalar dasturiga kiritiladi

Qo‘qondagi tarixiy obidalar va yo‘nalishlar Google Maps xaritalar dasturiga kiritiladi


Google xaritalari dasturi rahbari lavozimida ishlayotgan Jen Fitspatrik Qo‘qonga tashrif buyuradi. U shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, ularni tezlik bilan Google xaritalari dasturiga kiritilishiga yordam berishi kutilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Barcha tarixiy obidalar va ularga olib boradigan yo‘nalishlarning Google xaritalariga kiritilishi Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tez kunda Wikipedia’ga Xalqaro hunarmandchilik festivali, Qo‘qon shahri hunarmandchiligi, tarixiy obidalariga doir muhim va qiziqarli ma’lumotlar ham joylashtiriladi.

Shaharga doir rasm va medifayllarni Creative Commons litsenziyasi asosida – mualliflik huquqlaridan voz kechgan holda taqdim etish bo‘yicha shahar hokimligi matbuot xizmati va Vikisklad xalqaro ma’lumotlar bazasi mutasaddilari o‘rtasidagi kelishuv shu yilning 15-iyunidan kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют