» » Rossiyadan Ozbekistonga pul otkazmalari hajmi 2016-yilda 1,88 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2015-yilga nisbatan 20 foizga kam

Rossiyadan Ozbekistonga pul otkazmalari hajmi 2016-yilda 1,88 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2015-yilga nisbatan 20 foizga kam


Rossiyadan Ozbekistonga pul otkazmalari hajmi 2016-yilda 1,88 milliard dollarni tashkil etdi. UzDailyning Rossiya Markaziy banki malumotlariga asoslanib xabar berishicha, bu 2015-yilgi korsatkichdan 20,34 foizga kam.

Rossiya banki malumotlariga kora, hisobot davrida Ozbekistondan Rossiyaga 87 million dollar otkazilgan, 2015-yilda esa 357 million dollar otkazilgan edi (pasayish 75,63 foiz).

Rossiyadan Ozbekistonga bitta otkazmaning qiymati 2015-yilgi 432 dollardan 2016 yilda 431 dollargacha, Ozbekistondan Rossiyaga bitta otkazmaning qiymati esa 2015 yilgi 1487 dollardan 2016-yilda 1203 dollargacha kamaydi.

Rossiya Markaziy banki malumotlariga kora, 2016-yilning tortinchi choragida Rossiyadan Ozbekistonga 514 million dollar otkazilgan, 2015-yilning shu davrida korsatkich 496 million dollarni tashkil etgan edi.

Qayd etishlaricha, otkazmalar haqidagi malumot Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, Kolibri, Zolotaya Korona, LIDER, Rossiya pochtasi kabi tizimlarning axboroti asosida tayyorlangan.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (22-03-2017, 18:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -