» » Moliya vazirligi: Noqonuniy sarflangan mablag‘larning 1,3 mlrd so‘mi budjetga tiklandi

Moliya vazirligi: Noqonuniy sarflangan mablag‘larning 1,3 mlrd so‘mi budjetga tiklandi


Noqonuniy sarflangan mablag‘larning 1,3 milliard so‘mi budjetga tiklandi. Spot’ning xabar berishicha, 2019-yilda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi tizimidagi 1147 ta kasb-hunar kollejlari bo‘yicha o‘tkazilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida 2,1 milliard so‘m budjet mablag‘larining asossiz xarajatlari oldi olindi.

Bundan tashqari, masofaviy nazorat tadbirlari natijasida kuzatilgan shubhali moliyaviy operatsiyalar yuzasidan 205 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 8,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari budjet qonunchiligi talablariga amal qilinmagan holda sarflanganligi aniqlandi.

Jumladan, nazorat tadbiri o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlarining 15 tasida haqiqatda ishlamagan shaxslar nomiga ish haqi hisoblanishi oqibatida ular nomidagi plastik kartochkalariga 2705,3 million so‘m budjet mablag‘lari asossiz o‘tkazib yuborilgan.

Misol uchun, Toshkent shahar Olmazor tibbiyot kollejida haqiqatda ishlamagan va o‘tgan yillarda ishdan bo‘shab ketgan xodimlarning familiyasi, ismi va sharifini oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar qaydnomalariga kiritilib jami 1, 847,3 million so‘m budjet mablag‘lari noqonuniy to‘lovga chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu kollejda to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 13 nafar talabalardan undirilgan 21,2 million so‘m miqdoridagi kontrakt pullari bank muassasasi orqali kollejning hisob raqamiga kirim qilinmasdan soxta to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish yo‘li bilan xarajatga chiqarilgan.

Shuningdek, ayrim kasb-hunar kollejlarining bosh hisobchilari tomonidan budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimi (“O‘zASBO” dasturiy majmuasi) ish haqini hisoblash modulining qayta hisob-kitoblar qismiga asossiz ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan 2 774 million so‘mlik budjet mablag‘lari ortiqcha sarflangan.

Bir qator kasb-hunar kollejlarida esa xodimlarning ish haqlarini “O‘zASBO” dasturiy majmuasida hisoblanib, plastik kartochkalariga o‘tkazish ro‘yxati belgilangan tartibda bank muassasalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron (online) tarzda yuborilmasdan, amaldagi tartibga zid ravishda boshqa ro‘yxatlarni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklariga taqdim etish yo‘li bilan 353 million so‘m budjet mablag‘lari asossiz xarajatga chiqarib yuborilgan.

Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablag‘larning 1,3 milliard so‘mi budjetga tiklanishi ta’minlandi.

Shuningdek, 7,3 milliard so‘mlik budjet intizomini buzish holatlari aniqlangan 92 ta nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborildi hamda budjet va smeta-shtat intizomining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kasb-hunar kollejlarining 15 nafar mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda ma’muriy jarima qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют