» » Yurak porokiga chalingan bolaning onasi: Har bir soniya farzandimning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin

Yurak porokiga chalingan bolaning onasi: Har bir soniya farzandimning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin


Tahririyatga Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi Mahfuza Hojimatova murojaat qilib, tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan farzandi Amirshohning operatsiyasi uchun zarur mablag‘ to‘play olmayotganligini ma’lum qildi.

“O‘g‘lim Amirshoh 2019-yil 15-fevralda tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgan. Bir necha oydan beri Toshkent pedeatriya shifoxonasida davolanyapti. Yolg‘iz onaman. Ishlamayman. Yordam beradigan hech bir yaqinim yo‘q. Bolam kasal bo‘lgandan beri uning yonidan ketolmadim. Anchadan beri yaxshilarning ko‘magi bilan bolamning dori-darmoni va poytaxtda yashash xarajatlarimni amallab kelayotgan edim. Lekin endi unga hech bir dori ta’sir qilmay qo‘ydi. Bolamni yuragi tobora shishib boryapti. Har bir soniya uning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin. Endi farzandimga faqat operatsiya orqali saqlab qolish mumkin ekan. Shifokorlarning aytishicha, bu operatsiya  Hindistonda qilinadi va unga 8000 dollar kerak ekan. Biroq menda buncha mablag‘ yo‘q. Saxovatpesha insonlar yordamiga juda muhtojman. Bugun pul yig‘ilsa, hoziroq operatsiya uchun Hindistonga jo‘nab ketamiz. Har bir o‘tayotgan daqiqa bolam uchun ahamiyatli. Farzandimning tezroq sog‘ayib ketishini, uzoq yashashini xohlayman. Axir u hali bir yoshga ham kirgani yo‘q. Amirshohim tuzalishi uchun yaxshilarning yordamiga juda juda muhtojman”, deydi biz bilan suhbatda Mahfuza Hojimatova.

Barcha saxovatpesha insonlardan Amirshohning sog‘ayib ketishida imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini so‘rab qolamiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Onasi Mahfuza Hojimatova nomiga ochilgan

Sanoat qurilish bank: 8600 030407964760

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Mahfuza Hojimatova Rasuljonovna

Pasport raqami: AB 3175985

Bemor Amirshohning onasi Mahfuza Hojimatovaning telefon raqami:

+99894 404 66 62



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют