» » Rasman: “Yuventus” “Roma” bilan futbolchilarini almashtirdi

Rasman: “Yuventus” “Roma” bilan futbolchilarini almashtirdi


“Roma” himoyachisi Luka Pellegrini faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi. Bu haqda Rim klubining rasmiy saytida xabar berildi.

20 yoshli himoyachi turinliklar bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U 2018/19-yilgi mavsumni “Kalyari”da ijara asosida o‘tkazdi va A Seriyada 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma berishga erishdi.

Shu bilan birga “Yuventus” himoyachisi Leonardo Spinatssola “Roma” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. U ham yangi klubi bilan 2023-yilgacha shartnoma imzoladi. Rimliklar Spinatssola uchun 29,5 million yevro, “keksa sinyora” esa Pellegrini uchun 22 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Leonardo Spinatssola ortda qolgan mavsum Turin klubi safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют