» » “Yuventus”ni ikki nafar yarim himoyachi tark etadi

“Yuventus”ni ikki nafar yarim himoyachi tark etadi


“Yuventus”ning bir yo‘la 2 nafar yarim himoyachisi jamoani tark etadi, deya xabar berdi Tuttosport.

Gap Sami Xedira va Blez Matyuidi haqida ketmoqda. Turinliklarning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri  germaniyalik hamda fransuzning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.

Xedira AQShda o‘ynashni yoki Germaniyaga qaytishni o‘ylamoqda, biroq ayni damda unga “Beshiktosh”dan taklif tushgan. Futbolchining agenti ham turinliklar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin.

Matyuidining “Yuventus” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yozida yakuniga yetadi. Turinliklar kelasi yilda futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun shu yilning yozidayoq uning transferidan pul ishlab olmoqchi. Sarri jamoaning asosiy tarkibida uning texnikasidan-da yuqori bo‘lgan yarim himoyachini ko‘rmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, Matyuidi “Monako”ga o‘tishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют