» » Ozbekistonda 1-iyuldan sirtqi talimga qabul boshlandi

Ozbekistonda 1-iyuldan sirtqi talimga qabul boshlandi


Sirtqi talim haqidagi bir qator malumotlarni huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ozTelegram-kanalidamalum qildi.

Harbiy tavsiyanoma uchun 5 foizli kvota

Sirtqiga topshirish uchun ish staji shart emas. Xoh maktabni, xoh kollej-litseyni tugatiboq, sirtqi yonalishga hujjat topshirish mumkin. Kopchilik buni maxsus sirtqi bilan adashtirmoqda;

Sirtqiga hujjat topshirish uchun ish joyidan tavsiyanoma ham shart emas;

Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;

Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi (agar imtiyoz bolsa, uni tasdiqlovchi hujjat);

Kirish imtihonlari har yili 16-avgustdan 25-avgustgacha bolgan muddatda otkaziladi;

Imtihonlari kamida 3 ta fandan muayyan talim yonalishida oqitish tilida otkaziladi;

Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon shaklida otkaziladi. Qaysi OTMda test boladi, qaysi birida ijodiy imtihon boladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi;

Test sinovi DTM tomonidan katta pavilyonlarda otkaziladi, kasbiy (ijodiy) va yozma imtihonlar esa OTMning ozida boladi;

sirtqi talim shakliga ham barcha imtiyozlar otadi (harbiy tavsiyanoma olganlarga, nogironligi bolganlarga, harbiylarning farzandlariga ajratiladigan alohida kvotalar, chet tili sertifikatlari va h.k.);

sirtqi talimda ham uchta yonalishni tanlasa boladi, faqat uchala yonalish ham sirtqi bolishi shart;

kirish imtihonlari topshiriqlari umumiy orta (11-sinf negizida), orta maxsus, kasb-hunar talimi fanlarining oquv dasturlariga muvofiq tuziladi;

sport fanlari boyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boyicha) belgilangan meyoriy talablarga muvofiq tuziladi (masalan, 18 yoshli abituriyentning normativ talabi bilan 40 yoshli abituriyentga qoyilgan talab farq qiladi);

29-avgustga qadar imtihon natijalari elon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish togrisida OTM rektorining buyrugi chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-07-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -