» » Rasman: “Atletiko M” 126 mln yevroga 19 yoshli futbolchini sotib oldi

Rasman: “Atletiko M” 126 mln yevroga 19 yoshli futbolchini sotib oldi


“Benfika”ning hujumkor yarim himoyachisi Joau Feliks faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda “matraschilar”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Madrikliklar 19 yoshli futbolchi uchun “Benfika”ga 126 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Klub Feliks bilan 7 yillik shartnoma imzoladi.

Madridliklar mazkur mablag‘ni ikkiga bo‘lib to‘laydi. Madrid klubi avval 30 million yevro, keyinchalik esa 96 milllionni Portugaliya klubi hisob raqamiga o‘tkazadi.

Avvalroq Feliks o‘zining yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi hamda yiliga 3,5 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Feliks klub miqyosida barcha musobaqalarni hisoblaganda 87 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan va 17 ta golga assistentlik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...