» » “Manchester Siti” 70 mln yevroga futbolchi sotib oldi

“Manchester Siti” 70 mln yevroga futbolchi sotib oldi


“Atletiko” yarim himoyachisi Rodri Ernandes karyerasini “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda madridliklarning rasmiy saytida xabar berildi.

Tomonlar futbolchining transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shartnomaga ko‘ra, “shaharliklar” 23 yoshli xavbek uchun 70 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Bundan tashqari Rodriga “Bavariya” klubi ham qiziqish bildirgandi. Lekin futbolchining o‘zi Xosep Gvardiola ustozlik qilayotgan Angliya klubiga o‘tishni xohlagan.

Ma’lumot uchun, Rodri Ernandes 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas berishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют