» » Dehqonobod aholisining 98 foizi markazlashgan suv tizimi bilan ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi

Dehqonobod aholisining 98 foizi markazlashgan suv tizimi bilan ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi


Qashqadaryodagi Dehqonobod tumani aholisining ikki foizi markazlashgan suv tizimi bilan ta’minlangan. Bu haqda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Tohir Haydarov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“O‘zbekiston bo‘yicha umumiy aholining 9 foizi ichimlik suvi tizimi bilan ta’minlanmagan. Bu asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatining Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlariga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Dehqonobodda ichimlik suvi masalasi — juda katta muammo. Tuman aholisining 2 foizigina markazlashgan suv tizimi bilan ta’minlangan”, — dedi vazir o‘ribosari.

Haydarovning qayd etishicha, Dehqonobod tumanida “Eshonbuva” va “Markaziy buloq” suv manbasi bo‘lib, buloqlardan kuniga faqat 400 kub miqdorida suv olish imkoni mavjud — bu 200 mingga yaqin aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun bu juda ham kam. “Masalan, bir qishloqqa kuniga o‘rtacha 115 litrdan suv norma hisoblansa, Dehqonobodda bu ko‘rsatkich 20—30 litrdan to‘g‘ri keladi”, — dedi u.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, Dehqonoboddagi suv muammosini hal qilish uchun “Oqsuv—Dehqonobod” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Dehqonobodliklarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra ‘Oqsuv—Dehqonobod’ loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, uzunligi 77 kilometr, diametri 1—4 metr bo‘lgan magistral suv quvuri tortish rejalashtirilgan. Hozirda quvurning 38 kilometri tortib bo‘lingan. Bu juda og‘ir loyiha, chunki quvurlarni tog‘ning ustidan olib o‘tish kerak”, — dedi Haydarov.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda aholining 67,8 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Ichimlik suvi sifatiga mos suv manbalari bo‘lmagan hududlarga suv ta’minoti masalasini hal qilish uchun uzunligi 2 ming kilometrdan ortiq magistral suv quvurlariga ega bo‘lgan mintaqalararo suv quvurlari tortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют