» » Nima uchun ba’zilar doim sovqotib yuradi?

Nima uchun ba’zilar doim sovqotib yuradi?


Agar siz 10 darajali sovuqda yoki qishda isitilmaydigan uyda sovqotsangiz – bu kasallik emas. Lekin, quyoshli bahor kunlarida ham sovqotish sog‘liq bilan bog‘liq muammo borligidan darak beradi.

Birinchidan, tana og‘irligining kamligi bizni isitib turuvchi yog‘ zaxirasi kamligini bildiradi. Ikkinchidan, tana og‘irligining kamligi kaloriyaning yetarlicha sarflanmasligi belgisidir. Bu metabolizmni sekinlashtiradi, natijada tana o‘zini isitish uchun kam energiya sarf qila boshlaydi.

Doimiy ravishda sovuqni his qilish — hol-ahvol bilan bog‘liq ko‘plab muammolardan biri qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Gormonlar darajasining yetarlicha bo‘lmasligi natijasida metabolizm sekinlashadi va tana o‘zini isitishga energiyani tejay boshlaydi.

Temirning kam bo‘lishi — doimiy ravishda sovuqni sezishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Temir — qonning qizil tanachalari tomonidan tana bo‘ylab kislorod yetkazishda muhim modda hisoblanadi. Temir yetishmasligi natijasida qonning bu hujayralari o‘z vazifasini yaxshi bajara olmaydi, siz esa sovuqdan qaltiray boshlaysiz.

Agar kaftingiz va tovoningiz doim muzdek bo‘lsa, lekin tananing boshqa qismlari o‘zini yaxshi his qilsa, bu sizda qon aylanish yaxshi emasligini bildiradi. Buning sababi yurak-tomir tizimi faoliyatining buzilishidan bo‘lishi ham mumkin.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (24-03-2017, 15:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют