» » O‘zbekistonda OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln kishiga yaqinlashdi

O‘zbekistonda OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln kishiga yaqinlashdi


O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 960 ming kishidan oshdi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Shundan kunduzgi ta’lim shakliga 672 016, kechki ta’limga 11 947, sirtqi ta’lim uchun 276 880 ta ariza berilgan.

Eng ko‘p arizalar soni Samarqand davlat universitetida qayd etildi — 65605 nafar abituriyent. Shuningdek, Andijon davlat universiteti (41832) va Qarshi davlat universiteti (40538) ham abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan oliy ta’lim muassasalari qatorida qayd etildi.

Abituriyentlar eng ko‘p tanlayotgan yo‘nalishlar sifatida “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish“ (76383 kishi), “Maktabgacha ta’lim“ (74549) va “Jismoniy madaniyat“ (41352) keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют