» » Navoiy viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 51 ta masala ko‘rib chiqildi

Navoiy viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 51 ta masala ko‘rib chiqildi


Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Xatirchi tumani markazida sayyor qabul tashkil qildi. Bu haqda Navoiy viloyati Prezident xalq qabulxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi rahbari, sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, 2019-yilning birinchi yarim yilligida fuqarolardan tushgan murojaatlarning qariyb 40 foizi joyida hal etilmoqda.

Bu galgi sayyor qabulda 37 nafar fuqaro tomonidan 51 ta masalani o‘rtaga tashlangan-yu murojaatlardan 17 tasi joyida hal etilgan, 14 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, 20 tasi masalani hal etish uchun o‘rganish jarayonida.

Shu kuni Davlat xizmatlari agentligining mobil avtobusi aholiga o‘z xizmatlarini ko‘rsatgan. Shu joyning o‘zida mehnat yarmarkasi, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, banklar o‘z xizmat turlari taqdimotini o‘tkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют