» » Rasman: Trippyer — “Atletiko” o‘yinchisi

Rasman: Trippyer — “Atletiko” o‘yinchisi


“Tottenhem” himoyachisi Kiran Trippyer faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda “matraschilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Madridliklar futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Himoyachi tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ma’lumot uchun, u “Atletiko” sharafini himoya qiladigan 95 yil ichidagi ilk angliyalik bo‘ldi.

Avvalroq ispanlar 28 yoshli futbolchi transferi uchun 20—24 million yevro atrofida to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Trippyer ortda qolgan mavsum “shporlar” safida 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urishga erishgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют