» » Buxoroda aqli zaif bolaning otasidan nogironlikka o‘tkazib qo‘yish uchun 100 dollar talab qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda aqli zaif bolaning otasidan nogironlikka o‘tkazib qo‘yish uchun 100 dollar talab qilgan shifokor ushlandi


Kogon tumani Sargun mahallasida yashovchi fuqaro N.A.ning yozgan arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Arizadan ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahri, Losha mahallasida yashovchi, Kogon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori lavozimida ishlovchi 43 yoshli F.S. 100 AQSh dollar evaziga N.A.ning tug‘ma aqli zaif farzandiga 2 guruh nogironligini olib berishni va’da qilgan.

U Buxoro shahrining Alpomish ko‘chasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar kasalxonasi oldida talab qilingan puldan 700.000 so‘mni olgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют