» » “Yuventus” “Tottenhem” taklifini rad etdi

“Yuventus” “Tottenhem” taklifini rad etdi


Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati hujumchi Paulo Dibala transferi borasida “Tottenhem”ning so‘nggi taklifini rad etdi.

La Stampa’ning xabar berishicha, “shporlar” futbolchi uchun 50 million yevrolik taklif bilan chiqqan.

“Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Dibala bilan jamoasini kuchaytirishni xohlamoqda, ammo A Seriyaning amaldagi chempionlari 25 yoshli futbolchi sotuvidan ko‘proq pul ishlab olishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Dibala 2015-yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib keladi. U 2018/19-yilgi mavsum Italiya chempionatida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Pauloning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilning 30-iyunigacha amal qiladi.

Avvalroq “Yuventus” Dibalani “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukakuga almashtirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют