» » Samarqand viloyati Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Samarqand viloyati Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi


30-iyul kuni xalq deputatlari Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Zarnews.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi ortidan vazifasidan ozod etilgan Umidjon Nazarov o‘rniga To‘ychiyev Hamza Hakimovich Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

1978-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan H.To‘ychiyev shu paytgacha Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq hokim bilan birga tumandagi uch sektor rahbari – tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham vazifasidan ozod etilgan. Ularning o‘rnida ham yangi rahbarlar ish boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 17:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют