» » Polshalik olimlar tishlarni yemiruvchi ichimliklarni ma’lum qildi

Polshalik olimlar tishlarni yemiruvchi ichimliklarni ma’lum qildi


Polshadagi Varshava tibbiyot universiteti xodimlari qaysi ichimliklar inson tishlariga zarar yetkazishi ustida tadqiqotlar o‘tkazdi. Sputnik’ning xabar berishicha, tadqiqot natijalari International Journal of Environment and Health jurnalida chop qilingan.

Olimlar tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy birikmalar (ksilit, eritrit, steviya) bo‘lgan va xushbo‘ylashtirilgan ichimliklarning tish emal qavatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy birikmalar glyukoza-fruktoza sharbati kabi tish yemirilishiga sababchi bo‘lar ekan.

Gap shundaki, bundan bir necha yil ilgari Melburn universiteti (Avstraliya) tadqiqotchilari tarkibida kislotali qo‘shimchalar (limon kislotasi — Ye330, fosfor kislotasi — Ye338) bo‘lgan ichimliklar tish emalini 30—50 foizga yumshatishini aniqlagan edilar.

Demak, shakarsiz ichimliklar shirin ichimliklar kabi tishlarga birdek zarar yetkazadi.

Olimlar tarkibida limon kislotasi — Ye330 va fosfor kislotasi — Ye338 bo‘lgan ichimliklarga e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Hatto limon sharbati ham tish emaliga zarar yetkazishi mumkin.

O‘z-o‘zidan shirinlashtirilgan va tarkibida kislota bo‘lgan ichimliklarni ichish kerak emasmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Tish shifokorlari bunday ichimlik ichgandan keyin tish tozalamaslikni maslahat bermoqda. Bir necha soat o‘tgandan so‘ng tozalash maqsadga muvofiq. Chunki bunday ichimliklar tish emali qavatini yumshatadi va tish cho‘tkasi unga zarar yetkazishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют