» » Rasman: “Arsenal” 80 mln yevrolik transferini e’lon qildi

Rasman: “Arsenal” 80 mln yevrolik transferini e’lon qildi


“Lill”da faoliyat yuritib kelgan Nikolya Pepe “Arsenal” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

“To‘pchilar” 24 yoshli ivuarlik bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Pepe London klubida 19-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Nikolya transferi uchun “Arsenal” 80 million yevro to‘ladi. Shu tariqa u klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi.

Pepe o‘tgan mavsum “Lill” tarkibida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 12 ta golga assistentlik qilgan.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi tarkibida esa 8 ta o‘yinda qatnashib, 3 bora raqib darvozasini aniq nishonga olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют