» » Jizzaxda Lacetti va “KamAZ” to‘qnashishi sabab haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi

Jizzaxda Lacetti va “KamAZ” to‘qnashishi sabab haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi


Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida Lacetti va “KamAZ” o‘rtasida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

13-avgust kuni soat 04:00 larda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent—Termiz” yo‘lida haydab ketayotib shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi “KamAZ”-5410 rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan.

Natijada Lacetti avtomashinasi haydovchisi A.A va yo‘lovchisi Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yular jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Lacetti’dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют