» » Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy viloyatiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2016-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil ishlar samarasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trillion 5 milliard so‘mni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 5,9 foiz, jumladan, hududiy sanoat mahsulotlari 15,4 foiz, xalq iste’moli mollari 12, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 7,1, qurilish ishlari 9,3, chakana savdo aylanmasi 15,1, umumiy xizmatlar 15,5 foizga oshdi.

Viloyatda o‘tgan yili 866 yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 611,9 milliard so‘m kredit ajratildi. 2,8 trillion so‘m kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 229 milliard so‘mlikdan ortiq loyihalar amalga oshirilib, 9 ming 500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Davlat rahbari o‘zining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishish va xalq bilan bevosita muloqot qilish ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют