» » Toshkentda 15—18-avgust kunlari havo salqin bo‘ladi

Toshkentda 15—18-avgust kunlari havo salqin bo‘ladi

Toshkentda 15—18-avgust kunlari havo salqin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 15—18-avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Bashorat markazning rasmiy saytida berildi.

Unga ko‘ra, respublikaning deyarli barcha viloyatlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 15—16-avgust kunlari havo harorati kechasi  17—22 daraja, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi. 17—18-avgustda esa harorat kechasi 21—26 daraja, kunduzi 33—38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 15-avgust kuni shamol sekundiga 15—20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 17—22 daraja, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi. 16—17-avgust kunlari harorat 33—38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham 15-avgust kuni shamolning sekundiga 15—20 metr tezlikkacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 14—19 daraja, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 15-avgust kuni shamolning sekundiga 15—20 metr tezlikkacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechqurun havo harorati 15-avgustda 22—27 daraja, 16—17-avgust kunlari 18—23 daraja; kunduzi esa 32—37 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

15—16-avgust kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim qismlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15-avgust kuni shamolning sekundiga 15—20 metr tezlikkacha kuchayishi kutilmoqda. Kechqurun havo harorati 15-avgustda 20—25 daraja, 16—18-avgust kunlari 15—20 daraja; kunduzi (15—16-avgust) 25—30 daraja, 17—18-avgustda 29—34 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 15—16-avgust kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15-avgust kuni shamolning sekundiga 15—20 metr tezlikkacha kuchayishi kutilmoqda. 15-avgust kechasi 14—19 daraja, 16—18-avgustda esa 10—15 daraja issiq bo‘ladi. Havo haroratining kunduzi 15—17-avgustda 17—22 daraja, 18-avgust kuni esa 20—25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (13-08-2014, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют