» » Rasman: “Chinni bozor”dagi yong‘in oqibatida jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q

Rasman: “Chinni bozor”dagi yong‘in oqibatida jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q

Rasman: “Chinni bozor”dagi yong‘in oqibatida jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati 12-avgustga o‘tar kechasi "Chinni bozor”da ro‘y bergan yong‘in yuzasidan rasmiy axborot berdi, deb yozadi "Kun”.

Xabar berishlaricha, 12-avgust, seshanba kuniga o‘tar kechasi soat 00:28 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan "Best-plyus” kompaniyasi savdo majmuasi ("Chinni bozor”)da yong‘in yuz bergan.

"Yong‘in qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Qayd etishlaricha, yong‘in "o‘z vaqtida yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezda o‘chirilgan”, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Yong‘in natijasida savdo majmuasidagi 20 ga yaqin savdo do‘konlari zarar ko‘rgan (avvalroq, bir qator onlayn nashrlarda 200 ta do‘kon yonib ketgani aytilgan edi).

IIV axborotida qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yong‘in natijasida yetgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (12-08-2014, 23:35)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют