» » “MTS” O‘zbekiston bozorida Universal Mobile Systems nomi bilan dekabrdan ishga tushadi

“MTS” O‘zbekiston bozorida Universal Mobile Systems nomi bilan dekabrdan ishga tushadi

“MTS” O‘zbekiston bozorida Universal Mobile Systems nomi bilan dekabrdan ishga tushadi

Rossiyaning "MTS” va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida tashkil etiladigan yangi aloqa operatori Universal Mobile Systems nomi bilan faoliyat olib boradi, deb yozadi "Kun”.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Universal Mobile Systems qo‘shma korxonasini tuzish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan. Qarorda belgilanishicha, UMS 1-noyabrga qadar texnik, 1-dekabrga qadar tijoriy ekspluatatsiyani amalga oshiradi.

Avvalroq, "MTS” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi "MTS”ga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, "MTS”ning O‘zbekistondagi avvalgi sho‘basi – "O‘zdunrobita” kompaniyasi amalda 2012-yil iyulida faoliyat ko‘rsatishni to‘xtatgan edi. O‘shanda aloqa sohasidagi nazorat qiluvchi organ (O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tomonidan kompaniyaning litsenziyalari chaqirib olingan, keyinchalik O‘zbekistonning turli organlari tomonidan umumiy qiymati 600 million dollarga teng bo‘lgan da’volar e’lon qilingan edi.

Qayd etish joiz, "O‘zdunrobita” faoliyatini to‘xtatganidan so‘ng, O‘zbekiston GSM-aloqa bozorida faqat ikkita – Beeline va Ucell aloqa operatorlari qoldi, ayni vaqtda, o‘tgan ikki yil davomida aloqa sifati nisbatan yomonlashdi.

 

 Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (5-08-2014, 13:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют