» » MTS O‘zbekistonga qaytish masalasi “deyarli hal bo'ldi”

MTS O‘zbekistonga qaytish masalasi “deyarli hal bo'ldi”

MTS O‘zbekistonga qaytish masalasi “deyarli hal bo'ldi”

Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli kelishib oldi. Gazeta.uz’ning "RIA Novosti”ga asoslanib xabar berishicha, MTS mahalliy kompaniya – "O‘zdunrobita”dagi o‘z ulushini O‘zbekistonga topshirishi ham mumkin.


"RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda MTSni nazorat qiluvchi "Sistema” kompaniyasi rahbari va asosiy egasi Vladimir Yevtushenkov jurnalistlarga ma’lum qilgan.

"Biz barcha shartlarni kelishib oldik, faqat bitta shart qoldi – u biz uchun yetarli darajada sezilarli. Agar shuni ham kelisha olsak – shu yili O‘zbekistonga qaytamiz”, – dedi Yevtushenkov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum kuluarlarida.

Uning aniqlik kiritishicha, hal qilinishi kutilayotgan so‘nggi masala chastotalar bilan bog‘liq. "Bu davlat ishtirokidagi kompaniya bo‘ladi, biz esa uni nazorat qilamiz”, – deya qayd etdi "Sistema” rahbari.

"Kun”ning ta’kidlashicha, 2012-yil iyulida MTSning O‘zbekistondagi sho‘basi – "O‘zdunrobita” operatorining litsenziyalari chaqirib olingan edi. Kompaniyaga nisbatan qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan da’volar e’lon qilingan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Moliyaviy da’volarni to‘lash qobiliyati yo‘qligi sabab, 2013-yil yanvarida "O‘zdunrobita” bankrot bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

"Biz katta mamnuniyat bilan ushbu mamlakatga qaytamiz. Bu yaxshi bozor”, – deya qayd etdi Yevtushenkov. Bu kabi holat yana takrorlanmasligiga kafolat bormi qabilidagi savolga, Yevtushenkov shunday javob berdi: "Hatto sug‘urta polisi ham yuz foizlik kafolat bera olmaydi”.

MTSning O‘zbekistonga qaytishi borasidagi aniq sanalarni ma’lum qilmagan Yevtushenkov bu kelishuvlarga bog‘liq masala ekanligini qayd etib o‘tdi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (22-05-2014, 23:01)
+5 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют