» » MTS O‘zbekiston 2014-yil oxirigacha ish faoliyatini qayta tiklaydi

MTS O‘zbekiston 2014-yil oxirigacha ish faoliyatini qayta tiklaydi

MTS O‘zbekiston 2014-yil oxirigacha ish faoliyatini qayta tiklaydi

Rossiya va MDH davlatlarida yetakchi telekommunikatsiya operatori "Mobilniye TeleSistemi” OAJ va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida murosa bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, Kompaniya davlat ishtirokidagi qo‘shma korxona doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda MTS kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Murosa bitimiga ko‘ra qo‘shma korxonaning 50,01 foiz hissasi MTS’ga, qolgan 49,99 foizi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi Davlat unitar korxonasiga tegishli bo‘ladi.

Qo‘shma korxona o‘z faoliyatini MTS kompaniyasining O‘zbekistondagi sobiq sho‘ba korxonasi "Uzdunrobita” QK MChJga tegishli bo‘lgan mulk, jihozlar, chastotalar va infratuzilma asosida olib boradi.

"Kun”ning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar yaqin vaqt ichida murosa bitimida ko‘zda tutilgan barcha protseduralarni yakunlab, 2014-yil oxiriga qadar mobil aloqa tarmog‘ini tijoriy foydalanishga topshirishni rejalashtirishmoqda.

Murosa bitimiga asosan, O‘zbekiston hukumati MTS’ga 2G/3G/LTE tarmoqlari uchun litsenziyalar, zaruriy chastota diapazonlari, raqamlar sig‘imini taqdim etadi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta’minlaydi, O‘zbekistondagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan barcha ruxsatnomalarni beradi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (4-08-2014, 12:51)
+5 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют