» » Yangi iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotuvga chiqdi

Yangi iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotuvga chiqdi

Yangi iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotuvga chiqdi

Apple iPhone 6 smartfonining 16 Gb ichki xotiraga ega turi Toshkent shahridagi "Fleshka” savdo majmuasida 20-sentabrdan boshlab sotilmoqda. Bu haqda do‘konning Facebook’dagi sahifasi xabar berdi, deb yozadi "Parol” nashri.


Foto Facebook’dagi Apple product Tashkent sahifasidan olindi

Yangi smartfonning Space Gray (to‘q kulrang) va Silver (kumush) rangli turlarini savdo majmuada 5 550 000 so‘mdan sotib olish mumkin. iPhone 6 Plus planshetofoni va iPhone 6 smartfonining boshqa xotirali turlari yaqin kunlar ichida sotila boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, smartfonlarning 16, 64 va 128 Gb ichki xotiraga ega turlari mavjud. iPhone 6 smartfoni 4,7 dyuym, iPhone 6 Plus esa 5,5 dyuymli displeyga ega.

Foto Facebook’dagi Apple product Tashkent sahifasidan olindi

Foto Facebook’dagi Apple product Tashkent sahifasidan olindi

Yangi iPhone 6 smartfonlari 19-sentabrdan boshlab Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gongkong, Kanada, Puerto Riko, Singapur, AQSh, Fransiya va Yaponiyada sotila boshlangan edi. Shuningdek, avstraliyalik ilk iPhone 6 xaridorlaridan biri yangi smartfonini qo‘lidan tushirib yuborishga ham ulgurdi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (22-09-2014, 00:04)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют