» » A Seriya. “Inter” mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

A Seriya. “Inter” mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi


26-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining dastlabki turida Antonio Konte boshqaruviga o‘tgan Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa” stadionida “Lechche”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “neradzurrilar” vakillari Marselo Brozovich (21), Stefano Sensi (24), Romelu Lukaku (60), Antonio Kandreva (84) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ta’kidlash joiz, o‘yinning 76-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Diyego Farias hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Milan klubi “Lechche” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

A Seriya

1-tur bahsi

26-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 — 21 Brozovich, 2:0 — 24 Sensi, 3:0 — 60 Lukaku, 4:0 — 84 Kandreva

“Inter”: Handanovich, Asamoa, D’Ambrozio, Shkrinyar, Ranokkiya, Sensi (Galyardini, 73), Kandreva, Vesino (Barella, 66), Brozovich, Lukaku, Martines (Politano, 78)

“Lechche”: Gabriel, Kalderoni, Rispoli (Benzar, 72), Rossettini, Luchoni, Mayer, Falko, Taxsidis, Petrichchone (Mankozu, 61), Lapadula, La Mantiya (Farias, 61)

Ogohlantirishlar: Petrichchone (38), Martines (40), Lapadula (52)

Chetlatish: Farias (76)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют