» » Toshkentda “Tungi velosayr” sabab yarim kechasi bir qator ko‘chalar qisman yopiladi

Toshkentda “Tungi velosayr” sabab yarim kechasi bir qator ko‘chalar qisman yopiladi


Toshkentda 30-avgust oqshomida “Tungi velosayr” festivali o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimligi ushbu festivalda ishtirok etishni istagan barcha xohlovchilarni soat 22:00 da Xalqlar do‘stligi maydoniga taklif etmoqda. Velosayr Xalqlar do‘stligi maydoni — Suzuk ota majmuasi — Hazrati Imom majmuasi — Xalqlar do‘stligi maydoni yo‘nalishi bo‘ylab o‘tkaziladi.

“Festivalda shaxsiy velosipediga ega bo‘lmaganlar uchun ijara nuqtalari tashkil qilinadi (velosipedlarni ijaraga olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi). Velosayr davomida ishtirokchilarga ma’lumotlarga FM 104.0 radioto‘lqini orqali yetkazib turiladi”, — deyiladi poytaxt hokimligi axborotida.

Festival munosabati bilan 30-avgust kuni soat 22:00 dan 23:59 gacha Toshkentning quyidagi ko‘chalari transport harakati uchun qisman yopiladi:

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, — deyiladi hokimlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют