» » Artel kompaniyasi Amerika bozorlarini zabt etishni rejalashtirmoqda

Artel kompaniyasi Amerika bozorlarini zabt etishni rejalashtirmoqda


Artel kompaniyasi Amerikaning TMK Technics Corp. korxonasi bilan hamkorlikda gaz plitalarini ishlab chiqarish haqida kelishmoqda. Yangi gaz plitalari Amerikaga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

(Artel oshxona plitalarini ishlab chiqarish)

Bugungi kunda Artel 20 turdan ortiq mahsulotlarni ishlab chiqaradi va Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon va Gurjiston davlatlariga eksport qiladi. Aytish lozimki, O‘zbekiston korxonalarida g‘arbga mahsulot eksport qilish tajribasi hali mavjud emas. Amerika kompaniyasi bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatayotgan Artel g‘arbga maishiy texnikani eksport qilishni yo‘lga qo‘ygan birinchi kompaniyaga aylanishi mumkin.

(Artel Xitoydagi Conton Fair xalqaro ko‘rgazmasida)

Alohida ta’kidlash lozimki, Amerika gaz plitalari Yevropa plitalaridan farq qiladi va o‘zga standartlar bo‘yicha ishlab chiqariladi. Masalan, Amerikada ishlab chiqarilgan gaz plitalari o‘zga gabarit o‘lchamlari, sifat standartlari va tashqi ko‘rinishga ega. Mahsulotlar orasidagi katta farqqa qaramay, Artel kompaniyasi qisqa vaqtda ishlab chiqarish bazalarini yangi standartlarga moslab sozlash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hech qiyinchilik tug‘dirmaydi.

(Artel Turkmanistondagi “Xalqaro iqtisodiy rivojlanish — 2017” ko‘rgazmasida)

Ma’lumki, Amerika bozorlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘p bo‘lganligi tufayli, raqobat ham juda kuchli. Raqobatga dosh berib, bozorlarda o‘z o‘rnini saqlab qolish va iste’molchilar hurmatini qozonish uchun har qanday kompaniya mahsuloti yuqori sifatga ega bo‘lishi lozim.

(Artel Tojikistondagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida)

O‘rta Osiyoning eng yirik ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanuvchi, hamda Samsung kabi xalqaro kompaniya bilan hamkorlik tajribasiga ega bo‘lgan Artel Amerika bozorlarida o‘z munosib o‘rnini egallashi va iste’molchilar hurmatini qozonishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.

(Artel Belorus Respublikasidagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida)

G‘arb bozorlariga kirib borish nafaqat Artel kompaniyasiga, balki yurtimiz iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют