» » Dehqonobod tumani hokimiga polkovnik unvoni topshirildi

Dehqonobod tumani hokimiga polkovnik unvoni topshirildi


Qashqadaryoda 2-sentabr kuni o‘tkazilgan viloyat IIB tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarni taqdirlash marosimida Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulovga polkovnik unvoni topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda so‘z olgan viloyat IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev 2 nafar xodimi — podpolkovnik Zoir Aliqulov hamda podpolkovnik Furqat Rajabovlarga Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-avgust kunidagi buyrug‘iga ko‘ra polkovnik unvoni berilganini ma’lum qilgan.

Dilshod Tursunboyevning aytishicha, respublika miqyosida 9 nafar IIB xodimi polkovnik unvoniga munosib ko‘rilgan. Shundan 2 nafari Qashqadaryo viloyat IIB tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar hisoblanadi.

Shuningdek, viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan Prezident farmoniga muvofiq mukofotlangan qashqadaryoliklarni taqdirlash marosimida Zoir Aliqulovga “Sodiq xizmatlari uchun” medali topshirildi.

— Bugungi kun men uchun judayam qadrli bo‘ldi. Boisi, bugun tuman hokimi sifatida Prezidentimiz e’tirofiga sazovor bo‘lish barobarida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan polkovnik unvoniga ham munosib ko‘rildim, — deydi Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov. — Demakki, bu menga yanayam mas’uliyat yuklaydi. Bundan keyin ikki karra ko‘p ishlashim, ishonchni oqlashim kerak.

Ma’lumot uchun, Zoir Aliqulov tuman hokimligiga qadar viloyat IIB tizimida faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют