» » Chechenistondagi Rosgvardiya bo‘linmasi soqchilari jangarilar hujumi chog‘ida uyquda bo‘lgan

Chechenistondagi Rosgvardiya bo‘linmasi soqchilari jangarilar hujumi chog‘ida uyquda bo‘lgan


Rosgvardiyaning Chechenistonning Naur qishlog‘idagi bo‘linmasi jangchilari jangarilar hujum qilgan vaqtda qurolsiz bo‘lgan, navbatchilar esa uxlab qolgan. Bu haqda “RBK” respublika kuch tuzilmalariga yaqin manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Jangarilar harbiy qism to‘siqlaridan o‘tib, nazorat-o‘tkazish punktiga yetib borgan va ochiq eshikdan kirib, bu vaqtda uxlab yotgan ikki navbatchini o‘ldirgan va ularning avtomatlarini olib qo‘ygan.

Rosgvardiyaning hujum kechasi navbatchilikda bo‘lmagan jangchilari qurolsiz bo‘lgan. Qoidaga ko‘ra, 18:00 ga qadar barcha qurol-yarog‘lar omborxonaga topshirilishi kerak, uning kaliti esa navbatchida saqlanadi. Qurolni bo‘linma komandiri navbatchining trevoga signalidan so‘ng tarqatishi mumkin. Ammo o‘sha tunda navbatchilardan hech qanday trevoga signali kelib tushmagan.

Shuningdek, nashr manbalari aytishicha, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rosgvardiya bo‘linmasiga olti emas, sakkiz jangari hujum qilgan, ularning ikki nafari qochib qolgan. Hujum qilganlarning kamida olti nafari profilaktik yoki vahobiylik deb ataluvchi ro‘yxatda turgan, ba’zilari, shuningdek, harbiy qism hududida ta’mir ishlari bahonasida avval ham bo‘lgan.

Nashr suhbatdoshlaridan biri Rosgvardiya bo‘linmasiga hujumning asosiy maqsadi jangarilarning qurol-yarog‘ni qo‘lga kiritish istagi bo‘lganligini taxmin qildi.

24-martga o‘tar kechasi jangarilar Rosgvardiya harbiy qismiga hujum uyushtirdi. Olti jangarining barchasi yo‘q qilindi, ammo operatsiya chog‘ida olti harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют