» » IShID Chechenistondagi Rosgvardiya qismiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID Chechenistondagi Rosgvardiya qismiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi


IShID terrorchilik guruhi Rossiya milliy gvardiyasining Chechenistondagi qismlari hududiga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda jangarilar faoliyatini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi SITE Intelligence Group ma’lum qildi.

“IShIDning Kavkaz bo‘linmasi olti kishi ishtirokida Rossiya milliy gvardiyasining Chechenistondagi bazasiga hujum uyushtirganini, kamida olti harbiyni o‘ldirib, yana uch kishini yaralaganini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rosgvardiya harbiy qismiga hujumda yo‘q qilingan jangarilarning shaxslari aniqlanganini aytgan edi.

24-martga o‘tar kechasi jangarilar Rosgvardiya harbiy qismiga hujum uyushtirdi. Olti jangarining barchasi yo‘q qilindi, ammo operatsiya chog‘ida olti harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (25-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют