» » Kobuldagi gospitalga uyushtirilgan hujum oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Kobuldagi gospitalga uyushtirilgan hujum oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi


Kobuldagi harbiy gospitalga jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda, Associated Press axborotiga ko‘ra, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

“Hujum oqibatida 30 dan ziyod odam halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jabrlandi”, — deya ma’lum qildi vazirlik rasmiy vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar gospital binosini to‘liq nazorat ostiga olgan, hududdagi jangovar harakatlar yakuniga yetgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur terrorchilik harakati uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют