» » Turkiyada Istanbuldagi Reina klubiga uyushtirilgan hujum tashkilotchisi ekanligi gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi

Turkiyada Istanbuldagi Reina klubiga uyushtirilgan hujum tashkilotchisi ekanligi gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi


Turkiya politsiyasi Istanbuldagi Reina klubiga yangi yil kechasi uyushtirilgan hujum tashkilotchisi ekanligi gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Cumhuriyet nashriga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs kelib chiqishi turk millatiga mansub Fransiya fuqarosi bo‘lib, IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib qidirilayotganlar ro‘yxatida bo‘lgan. 

U terakt ijrochisi Abdulqodir Masharipov yashiringan kvartiralardan birini ijaraga olgani bildirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 1-yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi tungi klubda uyushtirilgan otishmada 39 kishi qurbon bo‘ldi, 69 kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют