» » Jomboyda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jabrlandi. Asosiy ma’lumotlar

Jomboyda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jabrlandi. Asosiy ma’lumotlar


Samarqand viloyati Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi MAN rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa 3-sentabr kuni soat taxminan 7:00 da Jomboy tumani Beshbola qishlog‘i hududida  yuz bergan. To‘qnashuv qanday, kimning aybi bilan yuz bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning qaysi manzildan qayerga ketayotgani, shaxsi va kasb-kori haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Avtobusning bir yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 22 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olgan. Barcha jabrlanuvchilar 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Ayni vaqtda 6 jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Bu O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda avtobuslar ishtirokida yuz bergan yagona YTH emas. Fevral oyida Jomboy tumanida Isuzu avtobusi Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishi natijasida Nexia bilan to‘qnashgan, oqibatda bir kishi o‘lgan, uch kishi tan jarohati olgan. 16-may kuni Samarqand shahrida Isuzu avtobusi va Spark ishtirokidagi to‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darilgan, uch kishi tan jarohati olgan edi. 11-iyul kuni Sirdaryo viloyatida 20 kishini olib ketayotgan Isuzu avtobusi ag‘darilib ketgan, kamida 16 kishi jarohatlangan. 24-avgust kuni Toshkent shahrida haydovchi boshqaruvni eplay olmagani oqibatida Isuzu avtobusi ag‘darilgan, oqibatda ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan, yana olti kishiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan boshlab avtobuslar videoregistratorsiz yo‘lga chiqishi mumkin emas. Jomboyda ag‘darilgan avtobusda hukumatning ushbu talabi bajarilganmi yoki yo‘q — hozircha yo‘q. Agar videoregistrator bo‘lsa, u holda hodisa aybdorini, o‘z-o‘zidan, o‘nlab odamlarning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan javobgarni aniqlash qiyin bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют